“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:23
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistonida pora evaziga ozodlik taklif etildi

17 noya, 19:55 6 491 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistonida pora evaziga ozodlik taklif etildi Noyabr oyi boshida Saudiya Arabistonida Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilib, ommaviy ravishda shahzodalar va mansabdorlar qo‘lga olinganini xabar bergan edik. Bu hodisa dunyo OAVlari e’tiborini tortdi. Sababi, korrupsiyaga qarshi kurashish kampaniyasi ortida taxt uchun kurash masalasi borligi oydinlashdi.

Saudiya Arabistoni shahzodalarda to‘xtab qolmadi, navbat malikalarga ham yetib keldi. Malika Rim bint al-Volid ibn Talal ham hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Saudiya Arabistonida vaziyat keskinlashishda davom etmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, mamlakatda qirollik oilasiga o‘z boyliklarining bir qismini ozodlikka almashtirish taklifi bildirildi. Hukumat shu tariqa davlat g‘aznasini 100 milliard dollarga to‘ldirish istagida.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Ritz-Carlton” mehmonxonasidagi qirollik oila a’zolari bilan munozaralar olib borilmoqda.

Qo‘lga olingan milliarderlardan biriga korrupsion mojarodan ko‘rilgan zararni qoplash uchun 70 foiz boyligini davlat hisobiga o‘tkazish evaziga ozodlik taklif etishgan.

Qo‘lga olingan shahzodalar nafaqat korrupsion mojarolarda, balki qurol-yarog‘ savdosi, pullarni o‘zlashtirish kabi jinoyatlarda ham ayblangan. Qizig‘i shundaki, ular qamoqda emas, 5 yulduzli mehmonxonalarda saqlanayapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 0
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 1
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 4
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 15
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar