“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:46
ЎЗO‘Z

Filippin prezidenti yoshligida odam o‘ldirganini aytdi

11 noya, 10:24 6 403 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Filippin prezidenti yoshligida odam o‘ldirganini aytdi O‘zining qattiqqo‘ligi bilan tanilgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 16 yoshida odam o‘ldirganini ma’lum qildi. U bu haqda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti o‘tayotgan Vetnamning Danang shahrida mahalliy filippinliklar oldidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Men 16 yoshimdayoq odam o‘ldirganman”, deb aytgan Duterte.

Biroq Duterte vakilining aytishicha, prezident buni “hazillashib” aytgan.

Avvalroq ham Duterte shunga o‘xshash bayonot bergandi. U prezidentlik kampaniyasi vaqtida uni haqorat qilgan talabaga o‘q uzgani sababli kollejdan haydalgani haqida gapirib bergan. 2015 yilda Esquire jurnalining Filippinda chiqadigan versiyasi Dutertening 17 yoshda qotillik sodir etgani haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tgan. Taxminlarga ko‘ra, Duterte Danangda ham shu hodisa haqida eslab o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Dutertening yordamchilari jurnalistlarga Filippin yetakchisi aytayotgan hamma so‘zlarga ham ishonavermaslikni maslahat qilishadi, chunki u “ko‘pincha hazillashadi yoki juda oshirib yuboradi”.

2016 yilda sobiq yollanma qotil Edgar Matobato Dutertening qotillik sodir etgani haqida gapirib bergan. Matobato 1980- va 1990-yillarda o‘sha vaqtda Davao shahri meri bo‘lgan Duterte buyrug‘i bilan tashkil etilgan “Davao o‘lim eskadroni” jinoiy guruhi a’zosi bo‘lgani haqida so‘zlab bergan. Matobatoning aytishicha, 20 yil davomida jinoiy to‘da a’zolari Dutertening buyrug‘i bilan mingga yaqin odam o‘ldirishgan. Uning ta’kidlashicha, bir qotillikni Dutertening shaxsan o‘zi, milliy tergov byurosi xodimini to‘pponchadan otib tashlab amalga oshirgan.

Duterte 2016 yil mayida Filippinga prezident etib saylangandan keyin giyohvandfurushlikka qarshi katta ko‘lamli kampaniya e’lon qilgan. Bu kampaniya sudsiz amalga oshirilgan ko‘plab qatllarga olib kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 0
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 68
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 296
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 327
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar