“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 02:56
ЎЗO‘Z

Facebook asoschilaridan biri ijtimoiy tarmoq inson miyasiga zarar yetkazishini aytdi

11 noya, 09:45 5 518 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook asoschilaridan biri ijtimoiy tarmoq inson miyasiga zarar yetkazishini aytdi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri va sobiq prezidenti Shon Parker ijtimoiy tarmoq odamdan iloji boricha ko‘proq e’tibor va bo‘sh vaqtni olish uchun yaratilganini aytdi. U shu sababli ijtimoiy tarmoqlar rivojiga hissa qo‘shganidan afsus qilishini ta’kidlab o‘tgan.

“Layklar, suratlar va xabarlarga izohlar dofaminning kichik miqdorda ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bu esa yangi layklar va izohlar deb sizni ko‘proq kontent yaratishga majbur qiladi – bu yopiq halqaga o‘xshaydi”, deb aytgan Parker Axios portaliga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, dasturchilar “inson pisoxologiyasidagi nozik joyni” ilg‘ashga muvaffaq bo‘lishgan, biroq shunga qaramay to‘xtashni istashmagan.

“Bu insonning jamiyat, boshqa insonlarga munosabatini o‘zgartiradi. Bu qandaydir antiqa yo‘l bilan unumdorlikka ham ta’sir qilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar farzandlarimiz ongi bilan nimalar qilishi yolg‘iz tangrining o‘ziga ayondir”, deb qo‘shimcha qilgan Parker.

Shunga qaramay, Parker Facebook’da sahifaga ega. “Agar Mark men aytgan gaplardan xabar topsa, ehtimol, mening akkauntimni to‘sib qo‘yadi. Men bu platformalardan foydalanaman va shunchaki ularga mendan foydalanishga yo‘l qo‘ymayman”, deb hazillashgan Parker.

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 2004 yilda Mark Sukerberg, Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuz tomondan asos solingan. Napster asoschisi Shon Parker kompaniyaning birinchi prezidenti bo‘lgan, biroq uni 2005 yilda tark etgan. Hozirda kompaniyani Sukerberg boshqaradi hamda kompaniyaning ijrochi direktori va direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 292
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 106
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 203
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar