«Google» rahbari, «The Guardian» talqiniga ko‘ra, jahon OAVdagi eng nufuzli kishilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi, Bu haqida «TASS»ga asoslanib «Kun.uz»
xabar bermoqda.
Jahon OAVdagi 100 nafar eng nufuzli kishilar ro‘yxatida «Google» asoschilaridan biri, uning ijrochi direktori Larri Peyj birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘rin «Facebook» asoschisi Mark Sukerbergga nasib qildi. Ilk uchlikdan «Apple» kompaniyasi rahbari Tim Kuk ham o‘rin egalladi.
To‘rtinchi o‘ringa «Bi-bi-si» guruhi rahbari Toni Xoll, beshinchi o‘ringa «Amazon»ning ijrochi direktori Jeff Bezos joylashdi. Undan so‘ng ro‘yxatda «Twitter» kompaniyasi rahbari Dik Kostolo, «News Corp» raisi Rupert Merdok nomini uchratish mumkin.
Reytingda MDHdan faqat «The Independent», «The Evening Standard» britan gazetalari va «London Live» telekanalining egasi bo‘lgan rossiyalik Evgeniy Lebedev (100 o‘rindan 70-o‘rin) nomini uchratish mumkin.
Foto: sostav.ua