“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:29
ЎЗO‘Z

Yaponiyada "Lan" to‘foni tufayli yuzlab reyslar bekor qilindi

22 okt, 08:26 5 965 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiyada "Lan" to‘foni tufayli yuzlab reyslar bekor qilindi Yaponiyada "Lan" to‘foni yaqinlashayotgani sababli aviakompaniyalar yuzlab reyslarini bekor qilishdi yoki boshqa sanaga ko‘chirishdi. Yaponiya meteorologik agentligining ma’lum qilishicha, to‘fon 22 oktyabr kechki vaqt mamlakatning markaziy tumanlariga yetib boradi.

O‘z jadvallarida o‘zgarishlar kiritilganini mamlakatning yetakchi aviakompaniyalari ma’lum qilishdi. Japan Airlines va All Nippon Airways o‘nlab yo‘nalishlardagi reyslar, loukoster Peach Aviation esa 60 dan ko‘proq reysning bekor qilinishini ma’lum qildi.

To‘fon bu mavsumda Tinch okeanida kuzatilayotgan 21-to‘fon bo‘ldi. Ob-havo mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon ayni vaqtda Okinavadan janubda kuzatilib, Yaponiyaning bosh oroli Xonsyu tomon soatiga 35 km tezlik bilan harakatlanmoqda.

To‘fondan bir necha yuz kilometr radiusda kuchli yomg‘irlar va shamol qayd qilinmoqda, shu sababli to‘fon ta’sirini Sikoku oroli aholisi sezmoqda, yaqin orada Tokay aholisi ham uni seza boshlaydi.

Shuningdek, yaqin soatlarda Tokio joylashgan hududda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Hozirdayoq u yerda yomg‘ir yog‘ib, osmonni quyuq bulutlar qoplagan To‘fon Tokioga 23 oktyabrga o‘tar kechasi yetib boradi.

Mutaxassislar to‘fon o‘tishi sababli aholini daryolar toshishi va ko‘chkilar yuz berishidan ogohlantirishmoqda. Sohilbo‘yi aholisi ayniqsa ogohroq bo‘lishga chaqirilmoqda, bu hududlarda to‘lqinlar balandligi 10 metrdan oshishi mumkin.

Bugun, 22 oktyabrda Yaponiyada parlamentning quyi palatasiga muddatdan avval saylovlar bo‘lib o‘tadi. Mutaxassislarning fikricha, yomon ob-havo saylovlardagi davomatga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Kyodo axborot agentligining ma’lum qilishicha, to‘fonning saylovlarga bunday ta’siri 1979 yilda kuzatilgan edi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 31
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar