“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:35
ЎЗO‘Z

Rossiya Qirg‘izistonning barcha qarzlarini muddatidan oldin kechib yuborishga tayyor

12 okt, 19:04 5 580 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya Qirg‘izistonning barcha qarzlarini muddatidan oldin kechib yuborishga tayyor Prezident Almazbek Atamboyevning Rossiyaga 2017 yil iyundagi davlat tashrifi davomida Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzlarini muddatidan oldin va birato‘la kechib yuborish haqidagi bayonnoma imzolangan edi.

Bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida parlament ko‘rib chiqishiga kelib tushgan qonun loyihasida bu haqda so‘z yuritiladi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.

Qonun loyihasining tashabbuschisi – Moliya vazirligiizoh berishicha, 2012 yilda Rossiya Qirg‘izistonning 488,9 mln AQSh dollari summasidagi barcha qarzlarini kechib yuborishga rozilik bildirgan. 2013 yilda Rossiya 188,9 mln dollardan kechib yubordi. Bitimga ko‘ra, qolgan 300 mln dollar 10 yil davomida – 2016 yildan 2025 gacha – har yili 30 mln dollardan kechib yuborilishi lozim edi.

2017 yil 20 iyunda, prezident Almazbek Atamboyevning Rossiyaga tashrifi vaqtida QRning RF oldidagi 2012 yildan buyon qarzdorligini tartibga solish haqidagi bitimga bayonnoma imzolandi. Bayonnomani ma’qullash qarzdorlikni muddatidan olddin va birato‘la qisqartirish imkonini beradi. Bu bilan, hozirgi vaqtda Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasi oldida mavjud bo‘lgan qarzi bekor qilinadi.

Moliya vazirligida ta’kidlashlaricha, 240 mln dollar hajmidagi qarzning birato‘la kechib yuborilishi davlatning YaIMga nisbatan tashqi qarzi darajasini 3,8%ga qisqartiradi. Bitim kuchga kirishi uchun, davlat ichidagi taomillarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar