“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:17
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti Vladimir Putinga alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi

11 okt, 17:05 16 817 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti Vladimir Putinga alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi MDH davlatlari rahbarlari kengashining Sochi shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etish uchun kelgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Putinga turkman alabayi zotiga mansub kuchukchani sovg‘a qildi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Sammit boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Putinga sovg‘ani topshirgan Berdimuhamedov «alabaylar — juda ham sodiq kuchuklar», ekanligini ta’kidladi.

«Bugun men «Sodiq» laqabli alabay zotiga mansub kuchukchani olib keldim. O‘ylashimcha, bu sizlarda ham mashhur ism. U sizga yoqadi degan umiddaman», — dedi Berdimuhamedov.

Turkman alabaylari — O‘rta Osiyo ovcharkalarining bir turi. Turmanistonda ushbu zotdagi kuchuklar axalteka otlari bilan bir qatorda milliy boylik hisoblanadi.

2010 yilda Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov «Janubiy oqim» gaz quvuri bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Putinga bolgar ovcharkasini sovg‘a qilgan edi, unga Baffi deya laqab qo‘yishgan. 2012 yilda Yaponiyaning Akita prefekturasi rahbari Rossiya zilzila oqibatida Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududiga ko‘rsatgan yordamiga minnatdorchilik sifatida akita-inu zotli «Orzu» kuchugini sovg‘a qilgan edi. Putinning eng mashhur kuchugi — labrador zotli Koni. Uni 2000 yilda FVV vaziri lavomida bo‘lgan Sergey Shoygu sovg‘a qilgan. Koni 2014 yilda o‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar