“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

Diqqat, Italiyada 101 yoshli onaxon o‘g‘illi bo‘ldi!!!

30 sen, 23:20 16 282 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Diqqat, Italiyada 101 yoshli onaxon o‘g‘illi bo‘ldi!!! Ma’lumki, ayollar faqat 40 yoshgacha tug‘ish imkoniga ega deb hisoblaymiz. Aslida ham shunday. Ellikka borgan ayol organizmi zaiflashib bo‘ladi. Bu organizm bilan farzand dunyoga keltirishning sira imkoni yo‘q. Ammo biz nohaq ekanmiz. Italiyalik 101 yoshli Anatoliya Vertadella nohaqligimizni amalda isbotladi. Onaxon shu yoshda 4 kilogramm vaznga ega o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Shubhasiz, onaxonning turmush o‘rtog‘i allaqachon yorug‘ dunyoni tark etgan. Ular birga umr kechirish jarayonida 16 nafar farzandni voyaga yetkazishdi.

— Men 16-bolamdan keyin ham yana xudo berganicha farzandlarni dunyoga keltirishga tayyor edim, — deydi Anatoliya ona. — Baxtga qarshi jinsiy a’zolarim saraton xastaligiga uchradi. Men uzoq vaqt davolanishga majbur bo‘ldim. Bir kuni o‘ylanib o‘tirib, sun’iy yo‘l bilan tug‘ishga qaror qildim. Shunday bo‘ldi ham. Bu amaliyotni Turkiyadagi xususiy klinikalardan birining vrachlari ado etishdi…

Ha, onaxon uzzukun xudoga shukr qilib charchamayapti. Farzandi dunyoga kelgandan keyin qabristonga borib quvonchini marhum eri bilan baham ko‘rdi.

— Azizim, — dedi Anatoliya ona. — O‘sha paytlarda sizga va’da berganimdek, bevaligimcha qoldim. Sizga xiyonat qilmadim. Qarang, men 17- farzandimizni tug‘dim. Xudoning qudrati bilan bunisiyam sizga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi-ya! Bezovtalanmay, tinch yoting, xo‘pmi!?. Men sizga sodiqman, otasi, sodiqman!..

Onaxon so‘nggi jumlalarni tiliga ko‘chirishga ko‘chirdi-yu, yig‘lab yubordi. Qisqa fursat ichida eri rahmatli bilan birga kechirgan kunlarini yodga oldi. Keyin esa istar-istamas ortga qaytdi.

17- farzandining qornini to‘ydirishi lozim edi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar