“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:38
ЎЗO‘Z

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlikning yangi formatini o‘rnatishdi

27 sen, 13:38 8 044 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlikning yangi formatini o‘rnatishdi AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun o‘zaro hamkorlikning yangi formatini o‘rnatishdi. Bu haqda 26 sentyabrda Nyu-Yorkda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi jurnalistlarga ma’lum qildi.

Kirbining aytishicha, Kerri bu muzokaralarni o‘tkaza turib, “mintaqaviy masalalar bo‘yicha AQSh davlat kotibi va uning Markaziy Osiyodagi hamkorlari o‘rtasidagi bahs-munozaralarning yangi formati tashabbusi bilan chiqdi”.

“Davlat kotibi va S5 davlatlari (Markaziy Osiyo davlatlari) tashqi ishlar vazirlari AQSh va ushbu mintaqa mamlakatlari xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi yangi chaqiriqlarga javob berishda qanday birga ishlashlari mumkinligini muhokama qilishdi”, deb aytdi Kirbi.

Guruh, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat va uning Markaziy Osiyodagi barqarorlikka ta’sirini muhokama qilishdi.

Uchrashuvdan keyin ishtirokchilar Markaziy Osiyo davlatlari hamda Osiyo va Evropa davlatlari bilan aloqalarning yaxshilanishi o‘sish va tinch rivojlanishga qanday ko‘mak berishi haqida suhbatlashdilar.

“AQSh Davlat kotibi va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yaqin kelajakda mavjud ikki tomonlama aloqalarga qo‘shimcha ravishda S5+1 formatida kelgusi muzokaralarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar”, deb ta’kidlab o‘tdi Kirbi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 77
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar