Janubiy Koreya hukumatining ma’lum qilishicha, KXDRda benzin narxi yil boshidan beri sanksiyalar tufayli uch barobarga qimmatlashdi. Bu haqda «Ryonxap» agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
«Bizning ma’lumotga ko‘ra, KXDRda neft narxi oshmoqda. Benzin narxi yil boshi bilan taqqoslaganda uch barobarga qimmatlashdi», - dedi Birlashuv vazirligi rasmiy vakili.
Avvalroq Tramp KXDRda yadro quroli paydo bo‘lishida Klintonni ayblagandi.