“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

Nyu-York meri qora tanli o‘smirlarni ko‘chalarda ehtiyot bo‘lib yurishga chaqirdi

08 dek, 14:35 8 197 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nyu-York meri qora tanli o‘smirlarni ko‘chalarda ehtiyot bo‘lib yurishga chaqirdi Nyu-York meri AQSh hududida polisiya qora tanli o‘smirlarga nisbatan yaxshi munosabatda emasligini tan oldi. 2014 yil 1 yanvarda Nyu-York shahri merligiga saylangan Bill de Blazio mamlakat hududidagi o‘smir yoshdagi qora tanlilar polisiya bilan ehtiyotkorona muomilada bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqida u ABC telekanali muxbiri bilan suhbat chog‘ida gapirib o‘tgan, deb xabar bermoqda «TASS» malumotiga asoslanib «Kun.uz».

Bill de Blazio Nyu-York merligiga saylangan ilk demokratlar vakili bo‘lib, u qora tanli ayol Chirleyn Makkreyga uylangani ham e’tiborlidir. Ularning Chiara va Dante ismli farzandlari ham bor.
Shahar meri o‘zining o‘g‘li bilan ham tarbiyaviy suhbat o‘tkazib, unga ko‘chada nojo‘ya xatti-harakat sodir etmaslikni tayinlaganini bildirgan.
«Mamlakatda hozir shunday qaltis vaziyat hukm surmoqda. Barchangizga bolalar bilan shunday suhbat o‘tkazishni tavsiya qilaman», – deydi Bill de Blazio.

O‘z navbatida Nyu-York polisiya xizmati boshlig‘i Uilyam Bretton shahar merining fikrlarini inkor qilib, polisiya tomonidan irqchilik sodir etilmayotganini, polisiya har doimgidek o‘z ishini bajarayotganini ma’lum qilgan.
«Biz tomonimizdan shahar fuqarolariga hech qanaqa tahdid mavjud emas», – deya intervyu bergan u CBS telekanaliga.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida AQShning Fergyuson shaharchasida 18 yoshli qora tanli o‘smir Maykl Braunni otib o‘ldirgan polisiyachi Darren Uilson sud tomonidan oqlangach, fuqarolar norozilik bildirib, to‘s-to‘polon ko‘tarishgan va ularning o‘nlab nafari hibsga olingan edi. Dekabr boshida esa shunga o‘xshash holat Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tib, bu safar Erik Garner ismli qora tanli fuqaro polisiyachi Daniel Pantelo tomonidan nohaq o‘ldirilganiga qaramasdan, sud uni jazosiz qoldirgani namoyishlarga sabab bo‘lgan, natijada polisiya bilan to‘qnashuvlar davomida yuzlab bezorilar qamoqqa tashlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 1
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar