Laureatlarga Kennedi nomidagi AQSh davlat mukofotini topshirish marosimi vaqtida Barak Obama yig‘ilganlarga o‘zining bolalikdagi orzularidan birini oshkor etdi. U bolaligida o‘zini «Sting» ya’ni «O‘tkir nish» deb chaqirishlarini xohlagan. Bu haqida «Lifenews» nashriga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda. Ushbu Oq Uyda o‘tkazilgan marosimda bir qator madaniyat xodimlariga mukofotlar topshirildi. Barak Obama asli ismi-sharifi Gordon Metyu Samner bo‘lgan britaniyalik musiqachi Stingga mukofotni berish arafasida bolaligini eslab o‘tgan. «Sizni hamma Sting deb ataydi. Mening laqabim «POTUS» (Prezident of The United States) ham yomon emaskuya, lekin men bolalaigimdan siznikiday laqabim bo‘lishini orzu qilgandim», – deb kulib eslaydi bu haqida AQSh prezidenti.
Qayd etib o‘tamiz, ushbu marosimda Stingdan tashqari, yana bir musiqachi El Grin, balerina Patrisiya Makbrayd hamda Tom Xenks va Lili Tomlin kabi kino ustalari Barak Obama qo‘lidan davlat mukofotlarini qabul qilib olishgan.