“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:34
ЎЗO‘Z

Misrda ikki yo‘lovchi poezdi to‘qnashib ketdi

12 avg, 15:02 6 723 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Misrda ikki yo‘lovchi poezdi to‘qnashib ketdi Misr Arab Respublikasining Iskandariya shahrida ikki yo‘lovchi poezdi halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.
To‘qnashuv mahalliy vaqt bilan 14:15 da (Toshkent vaqti bilan 17:15) Iskandariyaning Xurshid vokzali yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Qohiradan Iskandariya tomon harakatlanayotgan poezd Ports Saiddan kelayotgan poezdga borib urilgan.

Misr Sog‘liqni salqash vazirligi temiryo‘l halokatida kamida 49 kishi qurbon bo‘lgani va 179 nafar yo‘lovchi shikastlanganini ma’lum qilgan. Transport vaziri Hishom Arofatning aytishicha, poezdlar halokatiga poezd mashinistining xatosi sabab bo‘lgan.

Ayni paytda, Qohira poezdi mashinisti hibsga olingan. Dastlabki tegov natijalariga ko‘ra, mashinist boshqa yo‘nalishda poezd harakatlanib kelayotganidan ogohlantiruvchi qizil chiroqni ko‘rmay qolgan.

Misrda temiryo‘l halokatlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. 2012 yilda poezd maktab avtobusini urib yuborishi natijasida 51 kishi halok bo‘lgan edi. 2015 yilda poezd va maktab avtobusi o‘rtasida yana to‘qnashuv sodir bo‘lgan va unda 7 kishi qurbon bo‘lgan.

2013 yilda Qohirada, 2015 yilda esa Giza shahrida poezd relsdan chiqib ketishi oqibatida o‘nlab kishilar hayotdan ko‘z yumgan. Misr temiryo‘llari tarxidagi eng mudhish falokat 2002 yilda ro‘y bergan. O‘shanda yo‘lovchi poezdida yong‘in chiqishi oqibatida 360 kishi qurbon bo‘lgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 170
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar