“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:26
ЎЗO‘Z

AQSh grin-karta lotereyalaridan voz kechishi mumkin

03 avg, 08:02 6 606 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh grin-karta lotereyalaridan voz kechishi mumkin AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan RAISE immigrasiya qonun loyihasi AQShda yashash huquqini beruvchi grin-karta viza lotereyalaridan voz kechish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uydan “RIA Novosti”ga kelib tushgan arizada aytib o‘tilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

“RAISE qonun loyihasi shubhali iqtisodiy va gumanitar manfaatlarga xizmat qiluvchi viza diversifikasiya lotereyasining eskirgan tizimini tugatmoqchi”, deb aytilgan arizada.

Diversity Visa dasturi yordamida 1990 yildan beri har yili 55 ming muhojir AQShda yashash uchun tanlab olinadi. Viza olish uchun ingliz tilidan muayyan ta’lim darajasi va uquviga ega bo‘lish hamda AQSh davlatining «gardanida o‘tirish” niyati yo‘qligiga ishonch hosil qildirish kerak. Lotereyada AQShga har yili 50 mingdan muhojirni yuboruvchi davlatlar qatnashmaydi. Shu sababli joriy yilda lotereyada Bangladesh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Gaiti, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Peru, Salvador, Filippin, Janubiy Koreya va Yamayka aholisi qatnashishlariga ruxsat berilmagan.

Rossiya aholisi 2005 yildan 2010 yilgacha lotereyada qatnasha olmagan. Biroq 2011 yildan boshlab Rossiyadan AQShga emigrasiya pasaygan va rossiyaliklar yana lotereyada o‘ynash imkonini qo‘lga kiritganlar.

O‘zbekistonliklar bir necha yillardan beri grin-karta lotereyasida ishtirok etib kelmoqdalar va har yili o‘rtacha 1,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 390
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar