AQSh prezidenti Donald Tramp tomondan 2005 yilda chizilgan surat sotuvga qo‘yildi. Nate D. Sanders auksion uyi ushbu "san’at asari"ning boshlang‘ich narxini 9 ming dollarga baholagan, deb
yozadi Kun.uz nashri.
Auksion uyi saytida ta’kidlanishicha, Tramp suratni xayriya tadbiri uchun chizgan.
"Bu juda noyob surat, bunday suratlardan bor-yo‘g‘i bir nechta borligi ma’lum", deb ma’lum qilingan lot haqida.
Tramp 29,5x22,8 sm o‘lchamdagi oq qog‘ozda Nyu-York gorizontini tasvirlagan. E’tiborlisi, u surat markazida "Tramp minorasi"ni gavdalantirgan. Tramp suratni qora marker bilan chizgan, imzoni esa tillarang markerda qo‘ygan.
Surat 27 iyulda o‘tadigan auksionga qo‘yilgan.