“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:40
ЎЗO‘Z

Nazarboyev: qizlar uchun qora kiyim, erkaklarga soqol taqiqlansin

22 iyul, 10:23 7 532 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nazarboyev: qizlar uchun qora kiyim, erkaklarga soqol taqiqlansin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yosh yigitlarga soqol o‘stirish va qizlarga «o‘zlarini to‘liq qora kiyim bilan o‘rashni» qonuniy ravishda taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati Nazarboyevning Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha xabar bergan, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

«Ilmsizlik oqibatida yoshlarimiz soqol o‘stirib, shimlarini kaltalatishyapti. O‘zini qora matox bilan to‘liq o‘rayotgan qizlarning ham soni ortib boryapti. Bu na bizning an’analarimizga, na xalqimizga mos keladi. Buni qonuniy tarzda taqiqlash masalasini ishlab chiqish lozim. Qozoqlar qora kiyimni motam davrida kiyishadi», — dedi prezident Nazarboyev.

Nursulton Nazarboyevning ta’kidlashicha, raqamli texnologiya rivojlanayotgan davrda Qozog‘iston «noan’anaviy oqimlar tashviqotiga» to‘siq qo‘yishni uddalashi kerak. Zarurat bo‘lsa, davlat Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Uning gaplariga qaraganda, davlat hukumatga sodiq mingta imomlarning professional darajasini oshirishga ko‘mak beradi.

Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatining bu uchrashuv haqidagi xabariga ko‘ra, Nazarboyev qozog‘istonliklar uchun islomning hanafiy mazhabi an’anaviy yo‘nalish hisoblanishini aytgan. So‘ngi yillarda Qozog‘iston hukumatidagilar mamlakatda islomning boshqa oqimlari, xususan, vahobiy va salafiy oqimlarining ta’siri kuchayib borayotganidan bir necha bor havotir bildirishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 1
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 301
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 199
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar