“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:50
ЎЗO‘Z

Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi…

04 iyul, 00:03 6 303 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Polisiyachi ayol sobiq erining o‘ynashini o‘ldirishi uchun killerga 200 ming rubl haq va’da qildi… Ayni kunlarda bu ish bilan Moskva shahar tergov qo‘mitasi vakillari shug‘ullanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, polisiya mahkamasida xizmat qiladigan kinolog ayol erining boshqa ayol bilan don olishib yurganini payqab qolgan. U ham polisiyada xizmat qilarkan. «Er bermoq — jon bermoq», deb bekorga aytishmagan-da! Eri bilan birga yashamayotganiga qaramay, killer yollab, raqibasini o‘ldirish payiga tushdi. Killerga bu ishi uchun 200 ming rubl miqdorida haq to‘lashini aytdi.

Ha, u killer topishning boshqacharoq yo‘lini tanladi. Internetga e’lon joylashtirib, xizmat haqi 200 ming rubldan iborat bo‘lishini ham tirkab qo‘ydi. Ko‘ribsizki, harbiy o‘quv yurtlaridan birida o‘qiydigan talaba yigit bu ishning nimaligi bilan qiziqib, e’lon ostidagi elektron manzilga maktub yozdi. Va haq qotillik uchun berilishidan xabar topdi. Rozi bo‘ldi. Faqat ayoldan o‘ldirilishi zarur bo‘lgan odamning suratini so‘radi. Ammo ish negadir cho‘zilib ketdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, talaba yigit negadir bu haqda polisiya xodimlariga xabar berishni ma’qul topdi.

Juda tez fursatda ekspertiza kerakli xulosalarni tergov qo‘mitasiga etkazdi. Ayol qo‘lga olindi. Tergovda aytdiki, eri tashlab ketgan va o‘zi bilan birga ishlaydigan polisiyachi ayolga ko‘ngil qo‘ygan. Undan bir o‘g‘li bor, ammo o‘g‘lini tan olishni istamayapti. Yordam ham bermaydi. Ayol bularning barchasini sudga yo‘llagan arizasiga ham kiritgandi. Sud uning foydasiga hukm e’lon qildi. Sobiq eridan aytilgan muddatgacha nafaqa undiriladigan bo‘ldi.

Ayolning o‘ziga kelsak, polisiyadan haydaldi. Sud jarayoni tugaguncha tilxat asosida ozodlikda qoladigan bo‘ldi.

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 26
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 32
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 102
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar