“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:39
ЎЗO‘Z

Ishonch reytingi: Tramp yoki Putin?

27 iyun, 22:13 6 850 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishonch reytingi: Tramp yoki Putin? Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Trampdan ko‘ra ko‘proq kishilarning ishonchini qozongan. Vashingtonning Pew Research Center tadqiqot markazi mavzuga doir so‘rovnoma natijalari bilan bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 27 foizi Putinga ishonch bildirgan, Trampga ishonuvchilar esa 22 foizni tashkil qilgan. Tadqiqot besh qit’adagi 37 mamlakatda yashovchi 40 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan.

Tadqiqot qatnashchilarining aksariyati Trampni takabbur (75 foizi), sabrsiz (65 foizi) va hatto xavfli (62 foizi) deb hisoblaydi. Shu bilan birga respondentlarning 55 foizi Amerika prezidentini "kuchli rahbar" sifatida qayd etgan, 39 foiz ishtirokchilar esa uni "yoqimtoy" deya ta’riflashgan.

Shunisi qiziqki, so‘rovnomada qatnashgan meksikaliklarning atigi 30 foizigina Qo‘shma Shtatlarga ijobiy munosabat bildirishgan. O‘tgan yili, Obama prezidentlik davrining tugayotgan vaqtida esa bu ko‘rsatkich 66 foizni tashkil qilgan. Kanada va Germaniyada bu ko‘rsatkich biryo‘la 22 punktga - 43 va 35 foizga qisqargan. Bugungi kunda ko‘plab Evropa davlatlaridagi AQShga ishonch reytingini 2003 yilgi (Jorj Bush Iroqqa harbiy hujum uyushtirishga qaror qilgan vaqtdagi) ko‘rsatkichlarga qiyoslash mumkin.

AQSh prezidentining reytingi yaxshi tomonga o‘zgargan mamlakatlar orasida Rossiya va Isroilni qayd etish mumkin. Rossiyada Trampga ishonch bildirganlar soni 53 foizga oshgan. Obama davrida esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilgan. Isroilda esa Trampning reytingi 7 foizdan 56 foizga oshgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar