“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

Eronda otishma: noma’lum shaxslar parlament va Homeyni maqbarasiga hujum qildi

07 iyun, 18:51 6 057 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eronda otishma: noma’lum shaxslar parlament va Homeyni maqbarasiga hujum qildi Tehronda noma’lum shaxslar bir vaqtning o‘zida Eron parlamenti binosi va sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri bo‘lmish imom Homeynining maqbarasiga hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Hozircha jarohatlaganlarning aniq soni haqida ma’lumot yo‘q.

Eron axborot agentliklarining ma’lum qilishicha, har ikki hujum «deyarli bir vaqtda» mahaliy vaqt bilan 10.30da amalga oshirildi. Parlament binosida qurolli jinoyatchilar bir nechta qo‘riqchiga qarata o‘q uzdi. Homeyni maqbarasida esa hujum uyushtirganlardan biri o‘zini portlatib yubordi. Buning natijasida bir necha kishi jarohat oldi.

ILNA agentligining ma’lum qilishicha, maqbarada harakat qilgan ikki nafar jinoyatchi hibsga olindi. IRIB agentligining xabarlariga qaraganda, hujumni to‘rt kishi, jumladan bir ayol uyushtirgan. Ko‘p o‘tmay ayol qo‘lga olindi.

Eron parlamentining deputati Elias Hazratining aytishicha, Majlis binosiga Kalashnikov avtomati va to‘pponcha bilan qurollangan uch erkak bostirib kirgan. Kirish eshigiga qilingan hujumdan so‘ng, bino qurshovda qolgan. Bino ichida bo‘lgan barcha deputat va xodimlarning tashqariga chiqishlarining imkoni bo‘lmadi. FARC agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan hujum qilinganlar ham qurshab olingan. Hujum uyushtirganlar orasida portlovchi moslamasi bo‘lgan o‘zini o‘limga mahkum qilgan shaxs ham borligi aytilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Erondagi barcha hukumat binolarini qo‘riqlash mas’uliyati milliy gvardiya - Islom inqilobi Qo‘riqchilari korpusi zimmasiga yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 2
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar