“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:05
ЎЗO‘Z

Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi

05 iyun, 02:55 10 660 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega mamlakat sifatida Moldova tan olindi. Eng yaxshi yo‘llarga ega davlatlar reytingida esa Fransiya, BAA, Portugaliya va Ummon etakchilik qilishmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

World Economic Forum xalqaro tashkiloti eng yaxshi va yomon avtomobil hamda temir yo‘lga ega davlatlarning reytingni tuzib chiqdi.

Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega besh davlat ichida Haiti, Ruminiya, Mo‘g‘uliston va Gvineya bor. Moldova esa avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha eng so‘nggi — 140-o‘rinni egalladi.

Eng yaxshi yo‘llar o‘nligiga, shuningdek, Shveysariya, Avstriya, Hongkong, Finlyandiya va Germaniya kiritilgan. MDHning ayrim davlatlaridan Ozarboyjon — 60-o‘rin, Tojikiston — 97-o‘rin, Qirg‘iziston — 131-o‘rin, Rossiya Federasiyasi — 134-o‘rin, Ukraina — 135-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.

Eng yaxshi temir yo‘l infratuzilmasiga ega o‘n davlat reytingi esa quyidagicha ko‘rnish olgan: Shveysariya, Yaponiya, Hongkong, Fransiya, Singapur, Finlandiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridan Ukraina (24-o‘rin), Qozog‘iston (29-o‘rin), Rossiya (30-o‘rin), Latviya, Gurjiston va Ozarboyjon (33–35-o‘rinlar), Tojikiston (43-o‘rin), Estoniya (44-o‘rin), Moldova (68-o‘rin), Qirg‘iziston (77-o‘rin) jami 140 davlatni qamrab olgan reytingda o‘ziga mos o‘rinlarga joylashtirilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga ham kiritilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 115
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 180
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 266
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar