“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

Putin: Snouden — xoin emas

02 iyun, 13:14 6 460 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin: Snouden — xoin emas Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tdiki, u Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snoudenni xoin deb hisoblamaydi. Suhbatdan parchalar Hollywood Reporter jurnalida bosilgan.

«Bu gap to‘g‘ri emas. Snouden — xoin emas. Uning harakati o‘z mamlakati manfaatlariga xiyonat emas, u boshqa bir davlatga o‘z xalqiga zarar etkazuvchi ma’lumotlarni etkazgani yo‘q. U nima qilgan bo‘lsa, barchasini oshkora amalga oshirdi», — degan Putin.

Shu bilan birga Rossiya prezidenti Snoudenning harakatlarini oqlamasligini bildirgan. Shu bilan birga u Milliy xavfsizlik agentligi mamlakat fuqarolari ortidan bu darajada kuzatuv olib bormasligi kerak bo‘lgani haqida gapirib, o‘z navbatida Snouden bu ma’lumotlarni oshkor etishi ham to‘g‘ri bo‘lmaganini qayd etgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

«Agar unga bu ishda nimadir yoqmasa, ishdan bo‘shab ketishi kerak edi. Ammo u qarshi yurish qildi. Bu esa uning huquqi. Mendan uning harakati to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lgani haqidagi fikrimni so‘rasangiz, aytaman: yo‘q, noto‘g‘ri», — degan Putin.

Putin shuningdek, o‘zining KGBdan bo‘shashi voqeasi haqida eslab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘shanda davlat to‘ntarishini ma’qullamagandi.

Bundan tashqari, Putin Rossiya maxsus xizmatlariga maqtov so‘zlari yo‘llagan va ular faqat qonun doirasida ish olib borishini e’tirof etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchi davlatlarni kuzatishni yo‘lga qo‘yish o‘zaro ishonchga putur etkazadi, shu bilan birgalikda mamlakat xavfsizligiga zarar etadi.

Putin intervyusida o‘z soqchilariga ishonishini ham aytib o‘tgan.

Rejissyor Putinga nisbatan 5 marta suiqasd qilishga urinishganidan xabardorligini aytgan. «Ammo bu Fidel Kastroga uyushtirilgan suiqasdlar kabi ko‘p emas. Menimcha, unga 50 martacha suiqasd qilishgan», — degan Stoun.

Putin esa bunga javoban Kastro bilan suiqasd mavzusida suhbatlashganini aytdi. Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Kuba sobiq rahbari unga «doim o‘z xavfsizligi bilan shaxsan shug‘ullangani uchun» tirik ekanini aytgan.

«Men o‘z ishimni qilaman. Xavfsizlik xodimlari esa o‘z ishini qiladi, va hozirgacha ular buni ancha muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda», — deya qayd etgan Putin o‘z soqchilariga ishonishini ta’kidlagan.

Suhbatning to‘liq versiyasi film ko‘rinishida 12—15 iyun kunlari Showtime telekanali orqali namoyish etiladi.

Stoun 2016 yilda «Olovdagi Ukraina» filmiga prodyuserlik qilgan. Filmda u Rossiya prezidenti Vladimir Putindan va Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichdan intervyu olgan.

Filmda Putinning Rossiya Federasiyasi prezidentligiga kelgan 2000 yildan boshlab dunyoda bo‘layotgan voqealarga munosabati aks etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 77
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar