Xitoy shimoli-sharqidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida joylashgan Guma uezdida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lib, qirq sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Qutqaruv xizmatlari hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarga kirishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra 3 mingga yaqin bino butunlay yoki qisman vayron bo‘lgan. Qutqaruvchilar kuchi bilan vaqtincha yashash uchun lager tashkil etilgan, voqea joyiga 1000 ta chodir etkazilgan.
6,5 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan soat 09:07 da sodir bo‘ldi, silkinish o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Keyin yana bir nechta kuchsiz zilzila ham sodir bo‘lgan.