“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 21:14
ЎЗO‘Z

Venesuela prezidenti: Donald Tramp, Venesueladan iflos qo‘llaringni tort!

22 мая, 09:10 9 409 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Venesuela prezidenti: Donald Tramp, Venesueladan iflos qo‘llaringni tort! Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh hukumatining Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Maduro bu safar AQSh prezidentini bisotidagi eng yaxshi haqoratli so‘zlar bilan siylashdan ham toymagan. Nikolas Maduro televideniening to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida uzatilgan nutqida Donald Trampga murojaat qilgan.

“Etar birovlarning ishiga aralashish. Jo‘na uyingga, Donald Tramp! Venesueladan yo‘qol! Bu erdan iflos qo‘llaringni tort!” – deb aytgan Venesuela rahbari.

AQSh hukumati payshanba kuni Venesuela Oliy sudi rahbari va etti nafar a’zosiga nisbatan muxolif partiyalar ko‘pchilikni tashkil qilgan Kongressni tarqatib yuborgani uchun jazo sifatida sanksiyalar e’lon qilgan. Venesuela aholisining og‘ir hayoti haqida gapirar ekan, Tramp mamlakatdagi vaziyatni «insoniyatga nisbatan sharmandalik» deb atagan.

Venesuela hukumati e’lon qilgan bayonotda Oq uy rahbariyati Venesuela muxolifatini qo‘llab-quvvatlayotgani tanqid qilingan va AQSh rahbariyati Venesueladagi vaziyatni izdan chiqarishga urinishda ayblangan. “Prezident Trampning Venesuela xalqi, hukumati va idoralariga qarshi tajovuzi chegaradan chiqib ketdi”, – deyiladi Maduro hukumati bayonotida.

Venesuelada aprel oyi boshidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Hozirga qadar to‘qnashuvlarda 40 dan ortiq odam halok bo‘lgan. bir necha kun oldin prezident Maduro namoyishchilarni fashistlarga, o‘zini esa Gitler ta’qibiga uchragan bechorahol yahudiyga qiyoslagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 34
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 250
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Bo‘limlar