“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:52
ЎЗO‘Z

Tramp va Lavrov: “Suriyadagi dahshatli qotilliklar tezroq tugashi uchun ishlayapmiz”

11 мая, 12:11 7 316 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp va Lavrov: “Suriyadagi dahshatli qotilliklar tezroq tugashi uchun ishlayapmiz” AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ilk marotaba Vashingtonda uchrashishdi. Uchrashuvdan so‘ng ikkala tomon ham muhokamalar natijasi haqida so‘zladi, deb yozadi Qalampir.uz.

“Janob Lavrov bilan juda yaxshi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Biz Suriyadagi dahshatli qotilliklar iloji boricha tezroq tugashini xohlaymiz va hammamiz shu maqsadga erishish uchun ishlayapmiz”, dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan axborotida.

Oq uy tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Minsk kelishuvini to‘liq bajarish masalasida Rossiyaning mas’uliyati haqida ma’lum qilgan.

Lavrov ham o‘z navbatida AQSh prezidenti bilan Suriya muammosi, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatlarni muhokama etganini ta’kidladi. Lavrovning aytishicha, Tramp Vashington Rossiya bilan o‘zaro munosabatlardan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Shu bilan birga Rossiya TIV rahbari bir uchrashuvning o‘zida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha muammolar hal qilinmaganini tan oldi.

“Biroq aynan shu yo‘nalishda harakat qilish uchun niyat bor — bu ijobiy holat. Prezident Tramp muammolarni hal etish uchun o‘zaro manfaatli, pragmatik munosabatlar qurishga katta qiziqish bildirayotganini aniq tasdiqladi”, deydi Lavrov.

Lavrov va Tramp uchrashuvi qariyb 40 daqiqa davom etdi.

Shu vaqtda Rossiya elchixonasi o‘zining Twitter sahifasiga Tramp va Rossiya elchisi Sergey Kislyakning birgalikdagi suratini joylagan. Ma’lum bo‘lishicha, Lavrov va Tramp muloqoti davomida Kislyak ham ishtirok etgan.

Ta’kidlash joiz, AQSh va Rossiya prezidentlari iyulda o‘tkaziladigan G20 sammitida uchrashadilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashingtonda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar