“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari yuqori beshtaligiga kiritildi

07 мая, 18:31 10 009 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari yuqori beshtaligiga kiritildi Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov 2017 yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari yuqori beshtaligiga kiritildi.

"Metalloinvest" kompaniyasi egasi va Londonning "Arsenal" futbol klubi aksiyadori hisoblanmish Usmonovning boyligi 15,3 mlrd dollarga baholangan, deb yozadi Kun.uz.

The Sunday Times nashri tomondan tuzilgan The Sunday Times Rich List 2017 ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini bank va restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi, hind millatiga mansub aka-uka Shri va Gopi Hindujalar (16,2 mlrd funt sterling) egalladilar. Ular Hinduja Group korporasiyasiga egalik qilishadi.

2-o‘rinni Sobiq ittifoqdan 1978 yilda AQShga migrasiya qilgan Leonard Blavatnik (15,98 mlrd funt sterling) egalladi. U Warner Music Group kompaniyasi va dunyoda polipropilen ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona LyondellBasell Industries NV’ni nazorat qiluvchi Access Industries xolding kompaniyasi asoschisi va raisi hisoblanadi.

3-o‘rinni esa aka-uka Devid va Saymon Rubenlar (14 mlrd funt sterling) egallamoqdalar. Kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan Rubenlar nashrning avvalgi yilgi reytingiga boshchilik qilgandilar.

Ta’kidlash joiz, ushbu ro‘yxatning 13-pog‘onasidan yana bir rossiyalik tadbirkor, "Chelsi" klubi egasi Roman Abramovich o‘rin oldi.

Sky News nashrining ma’lum qilishicha, ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 134 kishi o‘rin olgan. Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Buyuk Britaniyada uning tarixidagi eng ko‘p sondagi milliarderlar mavjud.

Reytingga kiritilgan barcha milliarderlarning umumiy boyligi 658 mlrd funt sterlingga baholangan va bu miqdor 2016 yilgi ko‘rsatkichdan 14 foizga ko‘proqni (575 mlrd funt sterling) tashkil qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 0
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar