“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 07:56
ЎЗO‘Z

Tramp AQSh ommaviy axborot vositalarini "Vashington botqog‘i" deb atadi

30 apr, 09:51 5 646 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp AQSh ommaviy axborot vositalarini "Vashington botqog‘i" deb atadi AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk 100 kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqining boshini AQSh ommaviy axborot vositalarini tanqid qilishga bag‘ishladi hamda ularga nisbatan yana "yolg‘onchi OAV" degan iborani qo‘lladi deb yozadi Kun nashri.

Tramp Oq uy huzuridagi muxbirlar uyushmasining har yillik tadbirida ishtirok etish o‘rniga Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq so‘zlashni afzal ko‘rdi va shu tariqa ko‘p yillik an’anani buzdi.

"Hozir Vashingtonda ular bizni ko‘rmoqdalar va bu kecha biz bilan bo‘lishni istamoqdalar. Va hech narsa meni bu Vashington botqog‘idan 100 mil uzoqlikda bo‘lib, sizlar bilan kechani o‘tkazishdan ortiqroq xursand qila olmaydi", deb aytdi prezident.

"Kechki tanovul juda-juda zerikarli o‘tadigan ko‘rinadi", deb kesatib qo‘ygan Tramp.

Muxbirlar uyushmasi 1914 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning maxsus kechki tanovullariga an’anaviy tarzda AQSh prezidentlari tashrif buyurib, nutq so‘zlab kelishgan. Tramp esa bu an’anani buzdi. Bundan tashqari, u shu kuni tvitterda "Etakchi (yolg‘onchi) OAV biz erishgan yutuqlarni, jumladan 28 ta qonunni, chegaralarning mustahkamlanishi va ulkan optimizmni ovoza qilishdan bosh tortmoqda" deb yozdi.

Tramp oxirgi oylar muntazam AQShning etakchi OAVni, jumladan CNN telekanali va The New York Times nashrini tanqid qilib keladi. U jurnalistlarni haqiqatga mos kelmaydigan maqolalarni chop etishda va mavjud bo‘lmagan manbalarga iqtibos keltirishda ayblab keladi. Tramp shuningdek ma’lumotlarning noqonuniy sizib chiqib ketishiga qarshi kurashmoqchi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 59
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 43
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Bo‘limlar