“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

Rossiyaliklarning 82 foizi Putinning faoliyatidan mamnun

27 apr, 21:42 7 152 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyaliklarning 82 foizi Putinning faoliyatidan mamnun Vladimir Putinning RF prezidenti lavozimidagi faoliyati 82 foiz rossiyalikni qoniqtiradi. Uning siyosatidan norozilar soni 18 foizni tashkil qildi. Ijtimoiy va marketing tadqiqotlar o‘tkazuvchi Levada tahlil markazi tomonidan taqdim etilgan reyting shundan dalolat beradi deb yozadi Kun nashri.

Manbaga ko‘ra, 51 foiz fuqaro Rossiya to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqda, deb hisoblaydi. Mamlakat ketayotgan yo‘ldan norozilar 32 foizni tashkil qildi. 17 foiz aholi esa javob berishga qiynaldi.

Aprel oyida Rossiya hukumati faoliyatini 46 foiz respondent ijobiy baholadi, yanvar oyida bu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil qilgan. Vazirlar Mahkamasi faoliyatidan norozilar soni 53 foizga oshgan, yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 48 foiz bo‘lgan.

Davlat dumasi faoliyatini 42 foiz respondent qo‘llab-quvvatlagan (mart oyida - 38 foiz), norozilar - 57 foiz (bir oy avval - 60 foiz).

Viloyat gubernatorlari faoliyati 53 foiz respondent tomonidan ma’qullagan. Ularning faoliyatidan norozilar 45 foizni tashkil qildi.

Shuningdek respondentlardan ularda ishonch hissini uyg‘otadigan siyosatchi va jamoat arboblari nomini aytish so‘raldi. Ilk uchlikda, 2016 yilda bo‘lgani kabi, prezident Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu qayd etilgan.

14 foiz respondent rossiyalik siyosatchilarga ishonchsizlik bildirgan, 12 foizi esa siyosatga qiziqmasligini ko‘rsatgan.

Markaz mutaxassislari 21-24 aprel kuni 18 yosh va undan katta 1600 kishi ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. 137 aholi punkti hamda 48 mahalliy mintaqa fuqarolari so‘rovnomaga jalb etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar