“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:56
ЎЗO‘Z

Rossiyaliklarning deyarli yarmi Medvedevning iste’fosi tarafdori

26 apr, 14:53 5 641 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyaliklarning deyarli yarmi Medvedevning iste’fosi tarafdori
Foto: Reuters

Rossiyaliklarning deyarli yarmi, ya’ni 45 foiz respondent u yoki bu darajada Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevning iste’fosini qo‘llab-quvvatlaydi deb yozadi Kun nashri. Levada markazining aprel oyida o‘tkazgan so‘rovnomasi natijalari shundan dalolat bermoqda.

7-10 aprel kunlari Levada markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, Medvedevning iste’fosi uchun "Aniq ha" javobini bergan respondentlar - 18 foiz, "ko‘proq ha" deya javob berganlar - 27 foizni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning may oyidan bosh vazirga bo‘lgan ishonch asta-sekinlik bilan pasaygan. So‘rovnomaga muvofiq, 2016 yilning mayida 14 foiz respondent bosh vazirga "to‘liq ishongan", dekabr oyida bu ko‘rsatkich 9 foizdan iborat bo‘lgan va joriy yilning aprel oyida atigi 3 foizni tashkil qilgan. Bu vaqt ichida Medvedevga nisbatan "ko‘pincha ishonardim" javobini berganlar soni 39 foizdan 30 foizga kamaygan. "Ko‘p hollarda ishonmayman" javobini berganlar soni esa o‘tgan yilning mayiga nisbatan 30 foizdan 33 foizga oshgan. Hukumat rahbariga "mutlaqo ishonmaydiganlar" soni 14 foizdan 19 foizga oshgan.

So‘nggi yillarda bosh vazirga nisbatan salbiy munosabatlar ko‘paymoqda. Medvedevning reytingi Korrupsiya bilan kurashuvchi fond asoschisi Aleksey Navalniy olib borgan tergov ishi hamda ichki iqtisodiy muammolarning o‘sishi natijasida pasayib ketdi, dedi Levada markazi sosiologi Stepan Goncharov.

Ta’kidlash joizki, 26 mart kuni Rossiyaning o‘nlab shaharlarida muxolifat Navalniy tomonidan e’lon qilingan norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Namoyishlar aksilkorrupsiya shiorlari ostida o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 275
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar