“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:18
ЎЗO‘Z

Rossiya aviakompaniyalari Turkiyaga charter reyslarni to‘xtatishlari mumkin

11 apr, 07:53 5 719 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya aviakompaniyalari Turkiyaga charter reyslarni to‘xtatishlari mumkin "Rosaviasiya" Rossiya aviakompaniyalariga Turkiyaga charter reyslari to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantiruvchi telegramma jo‘natdi. Bu haqda ushbu sohadagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga ma’lum qildib, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Bunday choralarga "Turkiyadagi murakkab ichki siyosiy vaziyat" sabab sifatida keltirilgan.

Shu bilan birga "Rosturizm"ning turistik loyihalar va turizmdagi xavfsizlik davlat boshqarmasi boshlig‘i Svetlana Sergeeva boshqarma parvozlar to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga ega emasligini aytgan.

Rossiya turoperatorlari uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidzening aytishicha, hozircha Turkiyaga charter reyslarga taqiqlov yo‘q.

"Balki gap agar Turkiyada 16 apreldagi siyosiy voqealar bilan bog‘liq holda vaziyat salbiy ssenariy bo‘yicha ketsa, qandaydir keskinliklar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin", deb aytgan Lomidze.

Ikki davlat o‘rtasidagi charter reyslar 2015 yil noyabrda Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti turk samolyoti tomondan urib tushirilgandan keyin 9 oyga uzilib qolgandi. Rossiyadan Turkiyaga sayyohlar oqimi 2016 yilning birinchi oylarida 90 foizgacha kamayib ketgan.

2016 yil yozida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putindan samolyotning urib tushirilishi uchun kechirim so‘ragandan keyin o‘zaro keskinlik barham topgan. Shundan keyin Rossiya hukumati parvozlarga taqiqlovni bekor qilgan, Turkiyaga birinchi charter reys esa 2 sentyabrda amalga oshirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi 28 apr, 23:16 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar