“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:04
ЎЗO‘Z

Turkiya Rossiyani Asadni qo‘llashni bas qilishga chaqirdi

09 apr, 17:11 7 167 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya Rossiyani Asadni qo‘llashni bas qilishga chaqirdi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligi haqida gapirdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

«Bizda avvaldanoq Asad masalasida Rossiya bilan zid qarashlar mavjud. Bu tuzum o‘z fuqarolarini o‘ldirishda davom etmoqda. AQSh esa Suriya xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi haqida bo‘lmoqda»,— deya vazirning so‘zlarini keltirgan TASS.

U Turkiya tomoni Suriyada sulh tuzish tartibiga rioya qilishda davom etishini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya hukumati va armiyasi ushbu sulhga amal qilishini ta’minlash uchun zarur ishlarni amalga oshirmayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Janob Chovusho‘g‘li qayd etganki, bu orqali Turkiya AQSh va Rossiya o‘rtasidan birini tanlamayapti. U Turkiya ikki davlat bilan ham munosabatlarni saqlab qolishni istashini aytgan.

«Suriyada siyosiy o‘tish davrini boshlash kerak. O‘tish hukumati mamlakatni saylovga va yangi konstitusiyaga tayyorlamog‘i lozim»,— degan turkiyalik vazir.

4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirildi va uning oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni rasmiy Vashington Asad rejimi zimmasiga yukladi. 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini yo‘lladi.

Moskva tomoni ushbu hujumni «tajovuz akti» deya baholadi va AQSh bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar