Myanma g‘arbida yo‘lovchi kemaning barja bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib "Daryo.uz" nashri xabar bermoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 16 nafar ayol va 4 nafar erkak hodisa qurboni bo‘ldi. Yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 30 nafar yo‘lovchini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.
Hodisa 8 aprel, shanbaga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Kemada to‘y marosimidan qaytayotgan jami 80 nafar yo‘lovchi bo‘lgani bildirilmoqda.