“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:21
ЎЗO‘Z

Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi

07 apr, 08:54 6 649 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti vaqtida Idlib voqeasini gaplashdi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u muloqot chog‘ida tekshiruvlar yakunlanmaguniga qadar qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Suriyaning Idlib viloyatida 4 aprel kuni ro‘y bergan hodisa bo‘yicha fikrlar almashildi. Vladimir Putin xalqaro miqyosda jiddiy tekshiruvlar o‘tkazilib, natijalar olinmagunicha, qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etib o‘tdi", deyilgan xabarda.

4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 500 kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Muxolifat ushbu hujum Suriya hukumati tomonidan sodir etilganini iddao qildi. Bashar Asada hukumati esa ayblovlarni rad etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 179
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 274
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 416
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar