Sankt-Peterburgdagi polisiya bo‘linmasiga metrodagi teraktni amalga oshirishda gumonlanuvchi deb atalgan va surati matbuotda e’lon qilingan erkak keldi, deb yozadi «RBK»ga tayanib Daryo.uz. «U o‘zini televizor orqali ko‘rib, qo‘rqib ketgan va o‘zi polisiyaga kelgan», — dedi nashrning huquq-tartibot organlaridagi manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak teraktga aloqador emas.
Avvalroq Sankt-Peterburg metrosidagi teraktning ehtimoliy ijrochisi surati e’lon qilingan edi. Videokuzatuv kamerasi tomonidan olingan surat «Fontanka» nashri tomonidan e’lon qilingan.