“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:19
ЎЗO‘Z

Paragvayda namoyishchilar parlament binosini yoqib yuborishdi

01 apr, 10:36 5 512 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Paragvayda namoyishchilar parlament binosini yoqib yuborishdi Mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartishlar kiritishga qarshi fikr bildirayotgan namoyishchilar Paragvay poytaxtidagi Kongress binosiga o‘t qo‘yishdi. Bu haqda Ultima Hora saytiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda. Konstitusiyaga o‘zgartishlar amaldagi prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylanishiga ruxsat berishni ko‘zda tutadi.

Uning yozishicha, Kongressning birinchi qavati alanga domida qolgan. O‘t qo‘yish vaqtida bino ichida odamlar bo‘lgan.

Paragvay prezidenti Orasio Kartesning bayonot berishicha, Kongress binosiga o‘t qo‘yganlar ortida respublikadagi demokratiyaga qarshi turuvchi kuchlar bor.

"Kongress binosidagi yong‘in siyosat va OAVlariga kiritilgan paragvayliklar guruhi o‘z maqsadlariga etish uchun barcha narsaga tayyorliklarini ko‘rsatadi. Ular – mamlakatdagi demokratiya, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarishmoqchi", - deyiladi davlat rahbari bayonotida.

Prezident, shuningdek, "fuqarolarni tinchlikni saqlashga va zo‘ravonliklarni targ‘ib qilayotganlar ortidan yurmaslikka" chaqirgan. "Ishonchingiz komil bo‘lsin, hukumat mamlakatda tartibni saqlash uchun barcha choralarni ko‘radi", - degan Kartes.

Prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi 25 nafar senator davlat rahbari va vise-prezidentga ikkinchi muddatga saylanish huquqini beruvchi qonun loyihasini ma’qullaganidan so‘ng, Kongress binosiga o‘t qo‘yilgan edi. Ovoz berish chog‘ida 45 o‘rinli yuqori palataning boshqa a’zolari va uning raisi Roberto Asevedo qatnashmagan.

Polisiya rezina o‘qlar va suvpurkagichlardan foydalangan holda namoyishchilarni tarqatishga uringan. Bunga javoban, tartibni saqlash kuchlari toshbo‘ron qilingan. Tartibsizliklar oqibatida jabrlanganlar borligi aytilmoqda.

Senat tashabbusi yaqin orada Deputatlar palatasi tomonidan muhokama qilinadi. Bu erda ham aksariyat prezident tarafdorlari hisoblanadi. Qonun davlat rahbari tomonidan imzolansa, Paragvayda referendum bo‘lib o‘tadi. Uning natijasiga ko‘ra, prezident ikkinchi muddatga saylanish imkoniga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga oydinlik kiritiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar