“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:04
ЎЗO‘Z

Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi

07 mar, 15:00 12 429 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi US News & World Report jurnali dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingini e’lon qildi. Mamlakatlar to‘qqiz mezon bo‘yicha baholandi: turizm sanoati, innovasiyalar, ijtimoiy soha, madaniyat rivoji, iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, biznes uchun ochiqlik, aholi turmushining umumiy darajasi, jahon sahnidagi kuchi va nufuzi, tarixiy meros. Mazkur reytingni usnews.com saytiga asoslanib Kun.uz taqdim etdi.

80 mamlakatni o‘z ichiga olgan reytingda birinchi o‘rinni Shveysariya egalladi. Undan keyingi, ikkinchi o‘rin Kanadaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya nomi qayd etildi.

Reytingdagi to‘rtinchi pog‘ona Germaniya, beshinchi o‘rin Yaponiya va oltinchi o‘rin Shvesiya tomonidan band qilindi. Keyingi o‘rinlarda tartibga ko‘ra AQSh, Avstraliya, Fransiya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya va Singapur mamlakatlari nomi qayd etildi.

MDH mamlakatlari orasida Rossiya 27-o‘rin, Ozarboyjon 69-o‘rin, Belarus 70-o‘rin, Qozog‘iston 71-o‘rin va Ukraina 73-o‘rinni egallagan.

Dunyoning eng yaxshi 80 mamlakati reytingining so‘nggi o‘rinlarida Jazoir, Eron va Serbiya qayd etilgan.

Jahon sahnidagi qudrati va nufuziga ko‘ra, ilk uch o‘rinda AQSh (1), Rossiya Federasiyasi (2) va XXR (3) nomlari keltirilgan.

Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari (1), Singapur (2) va Hindiston mamlakatlari etakchilik qilmoqda.

O‘tgan yilgi reytingda 60 mamlakat nomi qayd etilgan edi, bu yilgisida esa - 80 mamlakat.

Reyting US News & World Report tomonidan BAV Consulting kompaniyasi hamda Pensilvaniya shtati universiteti hamkorligida tuzilgan. U 36 mamlakatdan 21,3 ming kishi orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga asoslangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar