“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:20
ЎЗO‘Z

Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi

05 mar, 16:51 5 790 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi Iroq armiyasi ilg‘or bo‘linmalari IShID nazoratida qolayotgan Mo‘sul shahri markaziga yangi hujum boshladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Amaliyotni o‘tkazayotgan birlashgan qo‘mondonlik matbuot xizmati rahbari general Yahyo Rasulning ma’lum qilishicha, shaharning janubiy va janubi-qismidan yurish boshlangan, shaharning tarixiy qismida janglar olib borilmoqda.

Shuningdek, shahar atrofidagi Al-Samud va Tal al-Ruman tumanlari hududlarida ham jang ketmoqda.

IShIDning Iroqdagi oxirgi tayanchi Mo‘sulni IShIDdan ozod etish uchun 2016 yil 17 oktyabrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlangandi. Shu yilning 18 yanvarida shaharning sharqiy qismi jangarilardan tozalandi. 24 fevral kuni shaharni butunlay ozod qilish uchun amaliyot qaytadan boshlandi.

1 mart kuni iroqlik harbiylar Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi oxirgi yo‘lni egalladi va IShID shahar ichkarisidagi jangarilar va harbiy texnikasini olib ketish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Xuddi shu kuni IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy tarafdorlariga murojaat qilib, mag‘lubiyat haqida e’lon qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar