“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:46
ЎЗO‘Z

Xitoyda qurilish joyidan oltin xazina bilan to‘ldirilgan sag‘ana topildi

22 мая, 16:27 12 125 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda qurilish joyidan oltin xazina bilan to‘ldirilgan sag‘ana topildi Xitoyning Nankin shahrida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida Min imperiyasi zamonasiga tegishli bo‘lgan oltin xazinaga liq to‘la sag‘ana topildi, deb yozadi Kun.uz.

Oltin taqinchoqlarning ko‘pligiga qaramasdan, sag‘anada topilgan ikkita qabr toshi eng qimmatbaho topilma sifatida e’tirof etilmoqda. Bu qabrtoshlarda sag‘anaga dafn etilgan ayol haqida ma’lumotlar bitilgan. Olimlarning aniqlashicha, qabr jazmanlikdan siyosiy va harbiy strateglikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Mey xonimga tegishli bo‘lgan.

G‘ishtli sag‘ana ichida topilgan yozuvlarda xitoy tilida Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi viloyatni boshqargan knyazning onasi bo‘lgani yozilgan. Mey xonim o‘zining o‘g‘liga dushman qabilalar va uzoq o‘lkalarda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha eng yaxshi strategiyalardan saboq bergan.

Sag‘anada topilgan, yoshi 500 yildan ko‘proqni tashkil qilgan xazinalar orasida oltin bilakuzuklar, ruhlar uchun quticha va soch to‘g‘nag‘ichlari topilgan. Barcha buyumlar turli qimmatbaho toshlar, jumladan yoqut, firuza, sapfirlar bilan bezalgan.

Nankin shahri muzeyi arxeologlari qabrni 2008 yildan beri o‘rganib kelishgan va faqat yaqindagina ularning ishlari ingliz tiliga o‘girilib, Chinese Cultural Relics jurnalida nashr etildi.

Mey xonimning toshdan ishlangan tobuti suvdan shikastlangan bo‘lsada, xonimning jasadi qoldiqlari bizning kunlargacha etib kelgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi chegaraoldi viloyati Yunnanni boshqargan Mu Binning uch rafiqasidan biri bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 100
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 39
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 47
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 158
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar