“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

Boeing «va’da»sini buzgan Daniyani sudga berdi

04 mar, 16:04 5 490 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boeing «va’da»sini buzgan Daniyani sudga berdi Amerikaning Boeing kompaniyasi Daniya mudofaa vazirligi ustidan sudga murojaat qildi. Bunga vazirlikning qirollik HHK ehtiyojlari uchun Boeing tomonidan ishlab chiqarilgan A/F-18 Super Hornet F qiruvchi samolyotlarini rad etib, Lockheed Martin ishlab chiqqan F-35A qiruvchilarini xarid qilishiga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kirituvchi hujjatlarni taqdim etmagani sabab bo‘lgan. Bu haqda korporasiya bayonotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Boeing Daniya mudofaa vazirligini sudga berdi, chunki vazirlik qiruvchi samolyotlarni etkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov xulosasiga doir hujjatlar bilan tanishish bo‘yicha bergan iltimosimizga javob bermadi", - deyiladi bayonotda.

Boeing korporasiyasining katta vise-prezidenti Tom Bell Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida izoh berishicha, Daniya mustaqil davlat sifatida tanlovda taqdim etilgan uchta qiruvchi samolyotdan birini tanlashga to‘la huquqi bor edi. Biroq, Boeing mudofaa vazirligining tanlov yakuniga doir e’lon qilingan raqamlaridan norozi. Kompaniyaga ko‘ra, F/A-18 Super Hornet F qiruvchilarining yakuniy tannarxi va imkoniyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Shunga binoan, bunday ma’lumotlarning davlat idorasi tomonidan e’lon qilinishi Boeing obro‘siga jiddiy putur etkazadi.

Daniya mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Boeing aynan qanday hujjatlarni talab qilayotganini aniq bildirmagani sababli bu kabi hujjatlar to‘plamini olmaganini aytmoqda.

Daniya hukumati 2016 yil may oyida qirollik HHK tarkibidagi F-16 qiruvchi samolyotlarini 27 dona beshinchi avlod F-35A Joint Strike Fighter qiruvchilariga almashtirishga qaror qilgan edi. Vazirlik uchun tavsiyanoma ishlab chiqqan ekspertlar F-35A asosiy ko‘rsatkichlar borasida A/F-18F hamda Eurofighter qiruvchilaridan ustun degan qarorga kelgan.

Lockheed Martin samolyotlarining umumiy qiymati va servis xizmati 56 mlrd kron (7,9 mlrd dollar)ga aylanadi. A/F-18F qiruvchilarining 27 donasi 78 mlrd kron (11,1 mlrd dollar)ga aylanishi kerak edi.

Boeing vazirlik baholari bilan umuman rozi emas. Unga ko‘ra, narxlar deyarli 2 marta qimmat ko‘rsatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar