“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:59
ЎЗO‘Z

Barak Obama xotiralarini 60 million AQSh dollariga sotmoqchi

01 mar, 21:44 6 415 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Barak Obama xotiralarini 60 million AQSh dollariga sotmoqchi Barak va Mishel Obama Penguin Random House nashriyoti bilan g‘aroyib kelishuvni imzoladi.

Sobiq prezident va uning rafiqasining Oq uy bilan bog‘liq xotiralari aks etgan kitobni Penguin Random House nashriyoti chop etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi, deb yozadi Qalampir.uz.

Aytish lozimki, Barak va Mishel Obama tomonidan yozilgan ushbu kitobni nashr etish imkoniyati uchun qator nashriyotlar kurashishdi. Biroq omad Penguin Random House nashriyotiga kulib boqdi.

Ta’kidlash joizki, bu memuar har qanday nashriyot uchun omadli shartnoma bo‘lishi barchaga ayon edi. Shu sababli ham Penguin Random House asar uchun Obamalar oilasiga 60 million AQSh dollari miqdoridagi pulni to‘lashga bajonidil rozi bo‘ldi. Bu haqda “Vestifinance.ru” xabar qilmoqda.

Obamadan avvalgi rahbarlar ham prezidentlik yillaridagi xotiralari haqidagi memuarlarini kitob holida chop etishgan. Lekin Obamalar oilasining memuari avvalgi asarlar ichida eng qimmat narxga sotilgan asar sifatida tarixga kirishi mumkin.

AQShning sobiq prezidentlaridan biri bo‘lmish Bill Klinton 2004 yil “Mening hayotim” memuari uchun 15 million AQSh dollari, Jorj Bush “Qaror qabul qilish nuqtalari” memuari uchun 10 million AQSh dollari olgandi.

Barak va Mishel Obama bundan avval ham o‘z maqolalarini Penguin Random House nashriyotiga tegishli Crown savdo belgisi ostida chop etishardi.

Sobiq prezident va uning rafiqasining nashriyot tomonidan chop etilishi mo‘ljallanayotgan navbatdagi kitobi qanday nomlanishi hozircha noma’lum.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Obamalar oilasi kitobdan tushadigan pullarning katta qismini xayriya ishlariga sarf etish istagidalar. Xayriya pullari ushbu oila tomonidan asos solingan Obama Foundation fondi hisobiga ham o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar