“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:15
ЎЗO‘Z

IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi

01 mar, 16:20 6 366 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z tarafdorlariga xayrlashuv nutqi yo‘lladi. U oxirgi oylardagi jangovar harakatlar oqibatida tashkilot yengilganini tan olib, jangarilarni tog‘li hududlarga ketib yashirinishga chaqirgan. Bu haqda Alsumaria telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Al-Bag‘dodiy o‘z vidolashuv nutqida tashkilotning hozirgi holati haqida gapirgan. U jangarilar Naynavada va Iroqning boshqa hududlarida mag‘lub bo‘lishgani haqida gapirgan", degan manba.

Bundan oldingi xabarlarda Al-Bag‘dodiy Mo‘sulning g‘arbiy qismidan chiqib ketgani ma’lum qilingandi.

Biroz oldinroq, Iroq qo‘shinlari Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lab turgan oxirgi yo‘lni egallashgani ma’lum bo‘ldi va shahar ichkarisida qolgan jangarilar hamda harbiy texnikalarning shahardan olib chiqilishiga imkon qolmadi.

Mo‘sul IShIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanar, shuningdek, jangarilarning Iroq hududidagi oxirgi tayanch shahri bo‘lib qolayotgandi. Bu shaharni ozod etish uchun quruqlikdagi harbiy yurish o‘tgan yilning 17 oktyabridan buyon olib borilmoqda. Iroq armiyasi, shia bo‘linmalari, kurd lashkarlaridan tashqari, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya samolyotlari ham bu yurishda ishtirok etmoqda.

Iroq qo‘shinlari Mo‘sulning sharqiy qismini 17 yanvar kuni ozod etishgandi. 24 fevral kuni Iroq hukumati shaharning g‘arbiy qismini egallash uchun yurish boshlagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar