“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:19
ЎЗO‘Z

AQShning birinchi xonimi haqida 7 ta fakt

21 fev, 18:34 10 487 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning birinchi xonimi haqida 7 ta fakt 2016 yil yakuni va 2017 yil dunyo siyosatida katta o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Xususan, jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri sanalgan AQShning hokimiyat tepasiga yangi prezident keldi. Donald Tramp prezident bo‘lmasidanoq, shov-shuvli munozaralarning markaziga aylanishga ulgurdi. Uning siyosiy qarashlari, rejalashtirgan islohotlari keng muhokama qilindi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

20 yanvar sanasida rasman prezidentlik lavozimini egallagan Donald Trampning rafiqasi, ya’ni AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp ham munozaralarning bosh mavzusi bo‘lib kelmoqda. Inaugurasiya marosimida sipo va bejirim liboslarda namoyon bo‘lgan Melanya Trampning didi yuqori baholandi. Balki shu sababdir u haqdagi ma’lumotlar nafaqat Amerika xalqining, balki boshqa mamlakatlar aholisining ham qiziqishiga sabab bo‘lyapti. Bugun Melanya Tramp haqidagi ba’zi faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Melanya Tramp va Donald Tramp orasidagi yosh farqi 24 yil (Melanya Tramp 1970 yilda, Donald Tramp 1946 yilda tug‘ilgan).

2. Aslida sloveniyalik bo‘lgan Melanya 2005 yilda Tramp familiyasini olgan. 2006 yilda rasman AQSh fuqaroligini olgan.

3. AQShda prezident saylovidan avval, ya’ni 2016 yil iyul oyida o‘tgan saylovoldi tashviqot davomida chiqish qilgan Melanya Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchradi. U o‘z nutqida ayrim jumlalarni o‘sha vaqtdagi birinchi xonim Mishel Obamadan “o‘g‘irlagan”ligi ta’kidlandi. Foydalanuvchilar bu nutqni 2008 yilda Mishel Obamadan eshitganliklarini bildirib, Melanya Trampni tanqid qilishdi.

4. Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i, ya’ni Donald Tramp prezidentlik lavozimiga nomzodi qo‘yilmasidan avval, juda yorqin rangdagi kiyimlar va yaltiroq taqinchoqlar ishqibozi bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda esa o‘z kiyimlar javonini sipo liboslar bilan to‘ldirmoqda.

5. Melanya Tramp 5 tilda gapira oladi. Slavyan, ingliz, fransuz, serb va nemis tillarida bemalol muloqot qila oladi.

6. Saylov vaqtida Donald Tramp va Hillari Klinton munosabatlari keskin tus olganligi sir emas. Aslida esa ular avvalroq oilaviy do‘st bo‘lishgan. Melanya va Donald Trampning nikoh kechasida Hillari va Bill Klinton ishtirok etishgan.

7. Amerikaning bir necha OAVlari Melanya Trampni noqonuniy ravishda AQShda ishlaganligi haqida ma’lumotlar tarqatishgan. Ammo Tramp xonim hech qachon noqonuniy ravishda ishlamaganligini ta’kidlab keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar