“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:39
ЎЗO‘Z

Biologlar dunyodagi birinchi issiqqon baliqni topishdi

16 мая, 15:45 19 337 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biologlar dunyodagi birinchi issiqqon baliqni topishdi AQShlik olimlar opaxi – nurpatli dengiz baliqlari turiga mansub baliqlardan biri dengiz tubida yashovchi baliqlarga xos bo‘lmagan issiqqonlikka egaligini aniqlashdi, deb yozmoqda Kun.uz. Noyob baliq 40 metrdan 450 metrgacha chuqurlikda yashaydi va o‘zining tana haroratini suv haroratidan Selsiy bo‘yicha 5 gradusga yuqoriroq ushlab turadi. Olimlarning ushbu tadqiqoti bilan Science jurnalida batafsilroq tanishish mumkin.

Baliqlar sovuqqon jonzotlar hisoblanadi. Ularning tanasi harorati atrof muhit haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi va hech qachon undan oshib ketmaydi. Ba’zi yirtqich baliqlar o‘lja orqasidan ov qilganda mushaklarini “qizdira” olishga imkon beradigan mexanizmlarni ishlab chiqishgan. Bu ularga tezroq suzishga imkon beradi. Biroq shunga qaramay, bunday baliqlarni issiqqon baliqlar deb atab bo‘lmaydi, chunki ular tanasining “qizishi” samaraliroq ov qilish uchun vosita hisoblanadi, xolos.

AQShlik olimlar Lampris guttatus turiga mansub ushbu baliqning qon-tomir tizimi ikki bosqichdan tashkil topganini aniqlashdi. Qoni suvdan qislorod oluvchi va suv bilan o‘zaro ta’sirlanganda sovuvchi baliqning oyquloq (jabra) tomirlari issiq qonni tashuvchi boshqa tomirlar bilan o‘ralganligi aniqlandi. Shu tufayli kislorod bilan to‘yingan sovuq qon qizib, tana bo‘ylab sirkulyasiya qilishda davom etadi. Bunday mexanizm Lampris guttatus balig‘ini to‘laqonli issiqqon baliq deb atashga imkon beradi: uning barcha ichki organlari, shu jumladan yurak va mushaklari atrofdagi suvdan taxminan 5 gradusga issiqroq bo‘ladi. Olimlar baliqni batafsilroq tadqiq qilib, u qanday evolyusion jarayonlar oqibatida bunday noyob xususiyatga ega bo‘lganini aniqlashmoqchi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar