“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:12
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan amnistiya e’lon qildi

16 fev, 09:35 7 882 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan amnistiya e’lon qildi Uchinchi muddatga qayta saylangan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 828 mahbusni afv etdi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

Prezident afv etish haqidagi farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining prezidentlik saylovlariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida imzoladi. Turkmanistonda davlat bayrog‘i kuni 19 fevralda nishonlanadi.

Farmon afv etilgan odamlarni asosiy hamda qo‘shimcha jazodan ularga ma’lum hududda yashash majburiyatini yuklash bilan ozod etadi.

Prezident huquq-tartibot muassasalari rahbarlariga afv etilganlar bayramni o‘z yaqinlari davrasida o‘tkazishlari uchun ularning o‘z vaqtida uylariga etib borishlarini ta’minlashga ko‘rsatma berdi. Turkmaniston prezidenti shuningdek mahalliy hokimiyat organlariga afv etilganlarga ish topishda ko‘mak ko‘rsatishni topshirdi.

Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari munosabati bilan bir yilda bir necha marotaba o‘tkaziladi. Bundan avvalgi amnistiya o‘tgan yil dekabrida Betaraflik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan va unga ko‘ra 561 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 390
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar