“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:11
ЎЗO‘Z

Gresiyaning Saloniki shahrida topilgan aviabomba tufayli 72 ming kishi evakuasiya qilinadi

12 fev, 09:38 6 322 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gresiyaning Saloniki shahrida topilgan aviabomba tufayli 72 ming kishi evakuasiya qilinadi 12 fevralda Gresiyaning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahari Salonikida 4 fevralda topilgan, Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi aviabombani xavfsizlantirish uchun 72 ming kishi evakuasiya qilinadi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bu Gresiyada tinch vaqtidagi eng yirik aholi evakuasiyasi bo‘ladi. Bombani xavfsizlantirish operasiyasi hukumatga 9,5 ming evroga aylanadi. Operasiya mahalliy aholida xavotir uyg‘otgan. Shu sababli mahalliy rahbariyatning 10 ta telefon raqamiga 3,5 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

250 kg lik bomba shaharning Kordelio tumanida AYoQShdagi kovlash ishlari vaqtida topilgan. Ehtiyot chorasi sifatida yon-atrofdagi uylardan 300 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan. AYoQShning er ostidagi sisternalaridagi barcha yonilg‘i tortib olingan va benzin bug‘lanmasligi uchun suv bilan to‘lg‘azilgan. Keyinroq operasiya qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rish uchun boshqa sanaga ko‘chirilgan.

Bomba 5 metr chuqurlikda joylashgan. Harbiylar bomba joylashgan chuqur atrofida qum solingan qoplardan to‘siq hosil qilishgan. 12 fevralda mutaxassislar bombaning portlovchi mexanizmini olib tashlashga harakat qilib ko‘rishadi. Agar buning uddasidan chiqilsa, xavfli topilma poligonga olib chiqilib, yo‘q qilinadi.

Shu tufayli mahalliy vaqt bilan soat 07:00dan (Toshkent vaqti bilan 10:00) boshlab bomba topilgan joydan 1,9 km radiusda joylashgan uylardan aholi olib chiqib ketiladi. Aholi avtobuslarda vaqtinchalik boshpanalarga olib boriladi.

Operasiyani soat 10gacha yakunlash rejalashtirilgan. Maxsus himoya kiyimidagi mutaxassis bomba joylashgan chuqurga tushib, uchta hamkasbi yordamida undan detonatorni chiqarib olishga urinib ko‘radi. Shundan keyin bomba qazib olinadi va kranda harbiy avtomobilga yuklanib, poligonga olib chiqiladi. Bomba poligonga olib ketilayotgan vaqtda yo‘llardagi harakat to‘xtatiladi.

Afina yangiliklar agentligining ta’kidlashicha, ushbu bomba 1943 yil 5 dekabrda Salonikining inglizlar tomonidan bombardimon qilingan vaqtda portlamay qolgan bombalardan biridir. 1997 yilda bomba topilgan tumanda 200 kg lik bomba topilib, xavfsizlantirilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, er ostida yana ko‘plab bombalar bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar