“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

Snouden o‘zining AQShga topshirilishiga doir xabarlarga munosabat bildirdi

11 fev, 18:47 6 726 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Snouden o‘zining AQShga topshirilishiga doir xabarlarga munosabat bildirdi AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va MRB sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya uni AQShga topshirish masalasini muhokama qilayotganiga doir xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning uni prezident Donald Trampga "hadya" qilmoqchi ekani, Snoudenning RF razvedkasi bilan umuman aloqasi bo‘lmaganini tasdiqlaydi. Bu haqda Kun yozmoqda.

"Nihoyat: mening Rossiya razvedkasi uchun hech qachon ishlamaganimni tasdiqlaydigan dalil. Hech bir mamlakat o‘z ayg‘oqchilarini topshirmaydi, chunki boshqalar (ayg‘oqchilar) o‘zlarini navbatdagi deb tushunishadi", - deb yozgan Snouden.

Avvalroq, NBC telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlari MRB sobiq xodimi Edvard Snoudenni prezident Donald Trampga "hadya qilish" masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlarga egaligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Snouden – MXAning sobiq tahlilchisi bo‘lib, 2013 yilda Amerika maxsus xizmatlarining elektron ta’qiblarini ommaga oshkor qilgan edi. Xususan, uning qilmishlari natijasida xorijiy davlat rahbarlarining telefon suhbatlari noqonuniy ravishda tinglangani ma’lum bo‘lgandi. Snouden AQSh hukumati ta’qibidan qochib, 20dan ortiq mamlakat hukumatiga boshpana so‘rab murojaat qilgan. Rossiya shular jumlasidan bo‘ldi. 2014 yil 1 avgustida RFning uch yillik yashash va ishlashga ruxsat beruvchi guvohnomasini oldi. Shundan buyon Rossiyada istiqomat qiladi.

AQSh Snoudenni josuslik bo‘yicha ikkita moddani buzganlikda ayblaydi. Ularning har biri uchun Edvardga 10 yillik jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. AQSh ma’muriyati Snoudenni xoin deb hisoblaydi va uni afv etishni istamaydi. U Amerika milliy xavfsizligi manfaatlariga katta zarar etkazgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar