“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:53
ЎЗO‘Z

Eron Trampga 10 fevral kuni javob qaytaradi

07 fev, 22:59 8 955 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eron Trampga 10 fevral kuni javob qaytaradi Eron Islom Respublikasi diniy rahnamosi, Eron qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat AQSh tomonidan tahdidlarga 1979 yilgi inqilobga 38 yil to‘ladigan 10 fevral kuni javob berilishini aytib o‘tdi. Bu haqda Press TV telekanaliga asoslanib Kun nashri ma’lum qildi.

«Hech bir dushman Eron xalqini parchalab yubora olmaydi», degan rahnamo. U Eron Vashingtonning tahdidlariga islom inqilobi bayramida javob qaytarilishini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh IShID ortida turadi, Iroq va Suriyadagi urushlar esa Eron zarariga ishlaydi.

Eron va AQSh munosabatlari Donald Trampning ma’muriyati olib borayotgan siyosat tufayli yana yomonlashdi. AQShning yangi prezidenti Eron bilan munosabatlarda avvalgi prezident Barak Obama kabi "yumshoqko‘ngil" bo‘lmasligini ma’lum qildi. U Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvni tanqid ostiga oldi.

O‘tgan oy oxirida Tramp eronliklarning AQShga kirishini vaqtinchalik cheklash nazarda tutilgan farmonini imzoladi. Eron tomoni ham bunga javoban amerikaliklarga viza berishni to‘xtatdi.

4 fevral kuni AQSh Eron bilan munosabatlar taranglashgani tufayli Yaman qirg‘oqlari yaqinida harbiy kemasini joylashtirdi.

Undan oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning raketa sinovlariga harbiy javob berilishini istisno etmagandi.

5 fevral kuni Donald Tramp Eronni «birinchi raqamli terrorchi davlat» deb atab, Tehronni AQShni mutlaqo hurmat qilmaslikda aybladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 1
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar