“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi

29 yanv, 14:49 7 706 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi Yigirmanchi asrning taniqli ayollaridan biri, Buyuk Britaniya taxtining merosxo‘r shahzodalari - Uilyam va Garrining onasi Malika Dianaga Londonda haykal o‘rnatiladi. Ushbu yodgorlik uning vafotiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan bunyod etiladi. Bu haqda shahzodalar qo‘shma bayonot berishdi, deb xabar bermoqda "Vodiymedia".
"Onamizning vafot etganiga 20 yil to‘ldi. Haykal bunyod etish orqali uning Birlashgan Qirollik va butun dunyoga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirini tan olishning ayni vaqtidir. Biz yodgorlik majmuasini Kensington saroyida barpo etamiz. Tashrif buyuruvchilar uning hayoti va merosidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, - deyiladi qo‘shma bayonotda
Uilyam va Garri mablag‘ yig‘ish uchun maxsus komissiyani ta’sis etdilar. Haykaltarosh nomi keyinroq oshkor qilinadi.

Diana Frensis Spenser 1961 yilda tavallud topgan. 20 yoshida u Britaniya taxti merosxo‘ri shahzoda Charlzga turmushga chiqadi. Lekin nikoh muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. 1996 yilda juftlik rasman ajrashishadi. Diana qirollik oilasi a’zoligidan mahrum etilsada, Malika maqomini saqlab qoladi. Chunki u taxtning ikkinchi va uchinchi o‘rindagi vorislarining onasi hisoblanadi.
1997 yil 31 avgustga o‘tar kechasi Dina avtohalokat natijasida hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. O‘shandan beri u haqda ko‘plab kitoblar yozildi, o‘nlab kinolar suratga olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 120
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar