“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi

21 yanv, 23:26 6 793 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri Cho Yun Sun tergovchilar maxsus komissiyasining talabi bilan hibsga olindi. Bu hukumatdagi yuqori lavozimli shaxslarning korrupsiya bilan bog‘liq mojaro ishi doirasida sodir bo‘ldi. U iste’foga chiqqan. Bu haqda "Kiodo agentligi"ga asoslanib "Kun.uz" sayti xabar berdi.

Cho Yun Sun prezident Pak Kin Xe hokimiyatiga qarshi bo‘lgan san’at vakillarining “qora ro‘yxatini” tuzishda gumon qilinmoqda. Unda 9400dan ortiq artistlar, musiqachilar va madaniyat arboblari bo‘lgan hamda ularga davlatning barcha subsidiyalari hamda yordamini bermaslik maqsadida yaratilgan.

Shuningdek, sud prezident ma’muriyatining sobiq rahbarini hisbga olish uchun order berdi.

Cho Yun Sun mamlakat tarixida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan chog‘ida qo‘lga olingan birinchi vazir bo‘ldi.

Janubiy Koreyada o‘tgan yilning kuzidan mamlakat prezidentining yaqin dugonasi Soy Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi avj oldi. Huquqni muhofaza qilish organlari uni hech qanday davlat lavozimlarini egallamay turib prezident tomonidan qabul qilingan siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazganlik, shuningdek, o‘z mavqeidan foydanib Janubiy Koreya korporasiyalaridan yirik mablag‘larni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilishda gumon qilishmoqda.

Soy Sun Sil hibsga olingach, prezident ham korrupsiya sxemalari va yirik biznesga bosimdan xabardor bo‘lgani borasida gumonlar paydo bo‘ldi. Pak Kin Xega dekabr boshida impichment e’lon qilindi. Ayni damda bosh vazir Xvan Gyo An davlat rahbari vazifasini vaqtinchalik boshqarib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 139
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar