“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:11
ЎЗO‘Z

Tehronda bino qulab tushishi oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi

19 yanv, 20:58 7 621 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tehronda bino qulab tushishi oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi Eron poytaxti Tehron shahrida joylashgan binoda yuzaga kelgan yong‘in oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Inshoot keyinchalik qulab tushgan. Bu haqda "Press TV"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.

Rasmiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, vayronalar ostida 50-100 nafar inson qolayotgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyiga qutqaruvchilar etib kelishgan, ular itlar yordamida tirik qolganlarni topishga harakat qilmoqda. Eron televideniesi tomonidan namoyish etilgan kadrlarda qulagan ko‘p qavatli bino yonidagi imorat ham jiddiy zarar ko‘rgani tasvirlangan.

Shaharda favqulodda holat e’lon qilindi. Tehron hokimi Baler Galibaf ham hodisa yuz bergan joyga etib kelgan.

Avvalroq Tasnim agentligi binoda yuzaga kelgan yong‘in tufayli 40 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, “”Plasko” savdo markazida yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8 da chiqqan. Olov binoning to‘qqizinchi qavatida yuzaga kelgan hamda majmuaning yuqori qismlariga tezda tarqalgan. Voqea joyiga etib kelgan o‘t o‘chirish guruhlari 3,5 soat davomida uni o‘chirishga harakat qilishdi. Yonayotgan bino 11:30 da qulab tushdi.

“Plasko” majmuasi 1962 yilda qurilgan bo‘lib, Tehronning eng baland binolaridan biri hisoblanardi. Savdo markazida kiyim-kechak va oyoq kiyimi sotish bilan shug‘ullangan ko‘plab do‘konlar bo‘lgan.

Ayni damda vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Qayta yong‘in chiqish xavfi bor. Shahar markazida kuchli tutun tufayli avtomobillar harakati murakkablashgan.












Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 31
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar