“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Abdulqodir Masharipov O‘zbekistonni 6 yil avval tark etgan

19 yanv, 00:44 7 574 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulqodir Masharipov O‘zbekistonni 6 yil avval tark etgan 1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:15da Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan terrorchi Abdulqodir Masharipov O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi, deb yozmoqda Kun.kz sayti.

«Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, o‘ziga Abu Muhammad Xurosoniy laqabini orttirgan Abdulqodir Masharipov Farg‘onaning Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turgan. U 6 yil muqaddam O‘zbekistondan Afg‘onistonga o‘tgan va shundan keyin ortga qaytmagan. Ushbu shaxs terrorchilik guruhiga a’zoligi tufayli O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan.

O‘zbekiston xavfsizlik xizmati vakillari Turkiya tomoni bilan Abdulqodir Masharipov ishi bo‘yicha yaqin aloqada ekani, terrorchining harakati bo‘yicha tergovda mavjud ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligi ma’lum qilingan.

Bundan oldingi xabarlarda Masharipov 1983 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgani, 4 tilni bilishi, Afg‘onistonda mashg‘ulot o‘tagani, puxta tayyorgarlik ko‘rgan terrorchi ekani aytilgandi. U 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Shundan so‘ng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etishdan oldin esa turar-joyini tez-tez o‘zgartirib turgan.

U Reina tungi klubiga uyushtirgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangandi.

Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi, ammo birinchi kunlarda terakt ijrochisidan darak yo‘q edi.

Avvaliga ushbu terrorchi Turkiyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Ammo voqeadan 16 kun o‘tgach uni Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulning Esonyurt tumanidagi kvartiradan topishdi. U tez orada barcha ayblovlarni tan oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 31
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 68
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar